Talabalar ishlashi mumkinmi?
2026-03-16 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Qonunchilikda talabalarning ishlashiga cheklov yo‘q.
Aksincha, imtiyozlar bor:
Mehnat kodeksining 383-moddasiga koʻra, ish beruvchi talabalarga ishni taʼlim bilan birga olib borish uchun shart-sharoitlar yaratib berishi shart.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qarori tegishli nizomiga ko‘ra, pedagogika yo‘nalishidagi talabalar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda umumta’lim maktablariga asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin.
Boshqa tashkilotlarda esa talabalar diplomlariga asosan yoki malaka talab qilinmaydigan ishlarda ishlasa bo‘ladi.
