Hamkorlik memorandumi imzolandi
2026-03-05 10:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Sertifikatlangan diplomli buxgalterlar assotsiatsiyasi (ACCA) hamda Oʻzbekiston sertifikatlangan moliya mutaxassislari uyushmasi (ACFP) bilan oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladi.
Memorandumga muvofiq, aholining maqsadli guruhlarini vaucher va kasbiy vaucherlar asosida tayyorlash orqali moliya sohasi uchun malakali kadrlar yetishtirish yoʻlga qoʻyiladi.
Ushbu mexanizm ishsiz fuqarolarni kasbga o‘qitish, shuningdek, band aholining malakasini oshirish va qayta tayyorlashga xizmat qiladi.
Bu jarayonda fuqaro vaucher yoki kasbiy vaucher oladi, xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan dastur boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtadi, yakunda esa sertifikatga ega boʻladi.

