Mart oyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari
2026-03-03 09:30:00 / Vazirlik yangiliklari
SHOSHILMANG!
Mart oyi rejalarini tuzishdan oldin buni albatta o‘qing!
Bu yil mart oyida atigi 19 kun ishlab, dam olish kunlaridan unumli foydalanish mumkin.
🔷8-mart (yakshanba) — Xotin-qizlar kuni;
🔷9-mart (dushanba) — dam olish kuni;
🔷21-mart (shanba) — Navro‘z bayrami;
🔷23-mart (dushanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunliklar uchun ish kuni.
🔷Ramazon hayiti ham shu kunlarga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.
Mehnat kodeksining 208-moddasiga asosan dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.
Qo‘shimcha dam olish kunlari e’lon qilinsa, birinchi bo‘lib bizning rasmiy sahifalarimizdan bilib olasiz, obuna bo‘lishni unutmang!
