Yagona milliy mehnat tizimiga ish joyini kiritish bo‘yicha videoqo‘llanma
2026-02-25 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Yagona milliy mehnat tizimiga avvalgi ish joyini kiritish bo‘yicha videoqo‘llanma
my.mehnat.uz saytiga kirib, avvalgi va hozirgi ish joylaringiz kiritilganini tekshirib qoʼying.
Agar maʼlumotlar boʻlmasa, demak, ish beruvchi siz haqingizdagi maʼlumotni Yagona milliy mehnat tizimiga kiritmagan.
Bu keyinchalik pensiya, ish staji va oylikka salbiy taʼsir qilishi mumkin.
Yechim bor — maʼlumotlarni tizimga kiritishni talab qilish yoki tegishli tartibda rasmiylashtirish mumkin.
