Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar kuni
2026-02-24 11:50:00 / Vazirlik yangiliklari

#YoshlarPrezidenti
Mamlakatimizda har payshanba “Yoshlar kuni” etib belgilandi. Shu kuni rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarning muammolarini eshitadi va hal etadi.
Hokimlar yoshlar uchun savdo-servis loyihalarini yo‘lga qo‘yadi, ularning ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, kasb va til o‘rganishi, ishga joylashishi hamda tadbirkorlik boshlashiga ko‘maklashadi. Startapchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, mablag‘ va grantlar ajratiladi.
Eng yaxshi tomorqachi, fermer, sanoatchi, startapchi, ijodkor, ma’naviyat va boshqa sohalardagi yoshlar uchun qiziqarli mavzularda tanlovlar va yarmarkalar o‘tkaziladi.
