Yoshlar bandligi – ustuvor vazifa
2026-02-24 13:00:00 / Vazirlik yangiliklari

#YoshlarPrezidenti
Har yili 600 ming yosh mehnat bozoriga kirib kelmoqda, 2030-yilga borib bu ko‘rsatkich 1 millionga yetadi. Shu bois yoshlarni ish bilan ta’minlash eng muhim vazifa etib belgilandi.
So‘rovnomaga ko‘ra, yoshlarning uchdan biri tadbirkorlik qilishni istaydi. O‘tgan yili bu yo‘nalishga 400 million dollar ajratilib, “Yoshlar biznesi” va “Kelajakka qadam” dasturlari orqali 15 ming nafar yoshlar o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ydi, 50 ming odamni ish bilan ta’minladi.
❗️Prezidentimiz yoshlar tadbirkorligi uchun qo‘shimcha 200 million dollar ajratilishini e’lon qildi.
✔️O‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uchun kredit miqdori 100 milliondan 300 million so‘mgacha oshiriladi. Yosh tadbirkorlar loyihalari uchun 10 milliard so‘mgacha kredit ajratish (hozir 5 milliard so‘mgacha) mumkin bo‘ladi. Innovatsion startap loyihalariga 100 ming dollargacha investitsiya kiritishga ruxsat beriladi.
✔️Servis va umumiy ovqatlanish sohasida 1 mingdan ziyod ish o‘rni yaratgan mahalliy brendlardan franshiza olib, filial ochishga qiziqayotgan yoshlar uchun qulay moliyalashtirish paketlari joriy qilinadi.
