Yoshlar uchun 7 yilgacha imtiyozli kreditlar
2026-02-24 13:15:00 / Vazirlik yangiliklari

#MeningPrezidentim
Joriy yildan “Kelajak tadbirkori” dasturi boshlanib, yoshlarga 7 yilgacha 15 foizli kreditlar ajratiladi.
Kreditlar: o‘zini o‘zi band qilganlarga 20 mln so‘mgacha (garovsiz), yangi boshlovchilarga 300 mln so‘mgacha, faoliyatini kengaytirayotganlarga 2 mlrd so‘mgacha, kamida 5 nafar bitiruvchini ishga olganlarga 10 mlrd so‘mgacha beriladi.
✔️Shuningdek, “Mening birinchi kasbim” dasturi doirasida bitiruvchilar stajirovka asosida tanlab olinib, ularga oyiga 2 mln so‘mgacha stipendiya to‘lanadi.
✔️Yoshlarning 30 foizi biznes ko‘nikmasi yetishmagani sababli qiynalayotgani bois, hududlarda “Yoshlar biznes inkubatori”lar tashkil etilib, ularda o‘qitish va kompleks xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi.
📍Markazlar avval Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Namangan, Surxondaryo, Xorazm hamda Toshkentda, keyinchalik barcha hududlarda yo‘lga qo‘yiladi.
