Bandlik tizimini raqamlashtirish: vazirlik va ish beruvchilar o‘rtasida ochiq muloqot
2026-02-23 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligida tashkilotlarning HR direktorlari bilan “Bandlik tizimida raqamlashtirishning o‘rni” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
▫️Uchrashuvda vazir o‘rinbosarlari S. Boboqulov, R. Turdiboyeva hamda mas’ul tuzilma rahbarlari ishtirok etdi.
▫️Muloqot davomida Yagona milliy mehnat tizimining yangi imkoniyatlari, HR direktorlarining platformani ishlatish bo‘yicha taklif-mulohazalari ko‘rib chiqildi.
▫️Shuningdek, osonish.uz platformasining dastlabki taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Maqsad: mehnat munosabatlarini “Bandlik organlari — ish beruvchilarning hamkori” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yish va mehnat bozorida shaffof, samarali tizimni shakllantirishdir.
