Munosabat
2026-02-07 11:15:00 / Vazirlik yangiliklari
Ijtimoiy tarmoqlarda Prezidentning “Sogʻliqni saqlash tizimidagi islohotlarni amaliyotga joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida Sogʻliqni saqlash hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirliklariga tajriba-sinov loyihasi doirasida tibbiyot muassasalarining shtat me’yorlarini qayta koʻrib chiqish, imtihon natijalari asosida ishga qabul qilinmagan xodimlarga tibbiyot muassasalarida mutaxassisligiga mos ish oʻrinlarini taklif qilish vazifasi yuklatilgani, tajriba-sinov loyihasi nazarda tutilgan Samarqandda, bir qator tuman sogʻliqni saqlash boʻlimlarida shtat me’yorlarining oʻzgarishi yuzasidan mehnat shartnomasini bekor qilish boʻyicha ogohlantirish xatlari berilgani, ishdan boʻshash toʻgʻrisida ariza yozishga majburlash holatlari kuzatilgani koʻplab hamshiralar, pensioner shifokorlarning haqli eʼtirozlariga sabab boʻlayotgani tanqid qilinganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan oʻrganilayotganini maʼlum qilamiz.
