Munosabat
2026-02-16 12:20:00 / Vazirlik yangiliklari
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Sh.Boltaboyeva my.gov.uz portalidagi shaxsiy kabineti orqali “Mirzobedil Mamur” MCHJga 2025-yil 4-iyuldan boshlab kasanachilik xoʻjaligiga “yordamchi ishchi” sifatida ishga qabul qilingani haqidagi maʼlumotni olganidan shikoyat qilgan, uning noqonuniy tarzda ish bilan band qilingani yuzasidan chora koʻrish soʻralganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan oʻrganilayotganini maʼlum qilamiz.
