Yaqin 30 yilda qaysi sohalar yetakchi bo‘ladi?
2026-02-20 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Kelajak kasblari — bu hali mavjud bo‘lmagan yo‘nalishlar emas. Aksincha, ular bugun paydo bo‘lib, yaqin 20–30 yil ichida mehnat bozorida strategik ahamiyat kasb etadigan sohalardir. Raqamli iqtisodiyot rivoji bilan ayrim mutaxassisliklar yangi bosqichga chiqmoqda.
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
Axborot texnologiyalari iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri. Raqamli transformatsiya jarayoni barcha tarmoqlarga ta’sir qilmoqda.
Shu bois, quyidagi kasblar kelajakda yanada talabgir bo‘ladi:
1. Data jurnalist — katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilib, ular asosida jurnalistik tahlil va vizual materiallar tayyorlaydi.
2. Raqamli transformatsiya rahbari — kompaniyalarda raqamli o‘zgarishlarni boshqaradi, biznes jarayonlarni yangi texnologiyalar orqali takomillashtiradi.
3. AT arxitektori — murakkab axborot tizimlari arxitekturasini yaratadi va biznes maqsadlarini texnik yechimlar bilan uyg‘unlashtiradi.
4. Raqamli lingvist — tabiiy tilni qayta ishlash, neyron tarmoqlar va algoritmlar bilan ishlaydi.
5. AI murabbiy — sun’iy intellekt yaratgan kontentni tahrir qiladi, uning sifatini nazorat qiladi va algoritmlarni takomillashtirishga hissa qo‘shadi.
