Mavsumiy ishlar va mavsumiy ishlarni bajarish to‘g‘risida shartnoma tuzish
2026-02-20 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Iqlim va boshqa tabiiy sharoitlar tufayli muayyan davr (mavsum) davomida bajariladigan ishlar mavsumiy ishlardir.
Mavsumiy ishlarning davomiyligi, qoida tariqasida, olti oydan oshmasligi kerak.
Mavsumiy ishlar, jumladan olti oydan ortiq davom etadigan ayrim ishlar ro‘yxati va ularning eng ko‘p davomiyligi Vazirlar Mahkamasi tomonidan uch tomonlama komissiya bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Shartnoma tuzish
📝 Ishning mavsumiy xususiyati to‘g‘risidagi shart mehnat shartnomasida ko‘rsatilishi kerak.
👉Mavsumiy xodimlarni ishga qabul qilish chog‘ida sinov muddati belgilanmaydi.
Mavsumiy xodimlar bilan mehnat shartnomasi mavsumning davomiyligidan oshmaydigan muddatga tuziladi.
