Surxondaryoda sayyor qabul o‘tkazildi
2026-02-16 12:35:00 / Vazirlik yangiliklari

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Alisher Muratov tomonidan aholi murojaatlarini joyiga chiqqan holda o'rganish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida 62 nafar fuqaroning murojaati tinglandi.
Shundan:
- 42 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi.
- 5 nafar fuqaroga kasbga o‘qitish kurslari uchun vaucher ajratildi.
- 15 ta murojaat tegishli mas’ullarga ko‘rib chiqish va ijobiy hal etish uchun yo‘naltirildi.
Bu kabi sayyor qabullar fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish va ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim o'rin tutadi.


