Yaqin 30 yilda bizni qanday kasblar kutmoqda?
2026-02-13 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari

#kelajak_kasblari
EKOLOGIYA SOHASI...
Atrof-muhitni muhofaza qilish xodimlari yaqin kelajakda ob-havo va global iqlimga taʼsir qila olish darajasiga yetishadi.
Shuningdek, ular atrof-muhit ifloslanishiga qarshi kurash olib borishadi va hattoki yer qimirlashi hamda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan boshqa tabiy ofatlarni qisqa fursatda bashorat qilishadi.
1. Ekologik auditor – korxonalar, binolar va boshqa infratuzilma va inshootlarning atrof-muhitga mosligini tekshiradigan mustaqil ekspert.
2. Agroekolog – qishloq xo‘jaligi balansini tiklab, ekinlar va bioyoqilg‘ini yetishtiradi.
3. “Yashil” transport muhandisi – atrof-muhitga salbiy taʼsir darajasini kamaytirishga yordam beradigan transport turlari va tizimlarini ishlab chiqadigan mutaxassis.
4. Qayta ishlash bo‘yicha mutaxassis – chiqindilarni qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqadigan xodim. Resurs sarfini kamaytirish bo‘yicha korxona faoliyatini yaxshilaydi.
