Vazir va yoshlar uchrashuvi
2026-02-12 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zaxidov tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan uchrashdi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqotda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, kelgusi rejalar hamda shaxsiy rivojlanish masalalari muhokama qilindi.
Vazir yoshlarga o‘z maqsadlariga erishishda astoydil harakat, izlanish va bilim eng muhim omil ekanini ta’kidladi.
🔹 Uchrashuv savol-javob va takliflarga boy bo‘ldi. Har bir yoshning fikri tinglanib, tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishi bildirildi.
Tadbir yakunida tizimda samarali mehnat qilayotgan, faolligi va tashabbuskorligi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh yoshlar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



