Davlat fuqarolik xizmatchisini rag'batlantirish
2026-02-11 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Davlat fuqarolik xizmatchisini rag'batlantirish davlat organlari rahbarlari tomonidan yoki ularning tavsiyasiga ko'ra amalga oshiriladi.
Davlat fuqarolik xizmatchisini ragʻbatlantirishda quyidagilar eʼtiborga olinadi:
🔹Oy, chorak, yarim yil yoki yil yakunlari hisobida faoliyatidagi eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini bajarganligi va oshirib bajarganligi;
🔹O'ta muhim vazifalarni bajarganligi;
🔹Faoliyatida erishilgan yuqori natijalar, zimmasiga yuklatilgan vazifaning murakkabligi va muhimligi;
🔹Bayram kunlari, yubileylar, nishonlanadigan sanalar va pensiyaga chiqish munosabati bilan.
