BMT Qo‘shma dasturi doirasida ijtimoiy sug‘urta tizimi muhokama qilindi
2026-02-04 14:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda BMT Qo‘shma dasturi hamkorligida “O‘zbekistonda norasmiy bandlikdan rasmiy bandlikka adolatli o‘tishni jadallashtirish” loyihasi doirasida onalik va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalarining aktuar baholanishiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda XMT, UNDP, Jahon banki, UNICEF, OTB hamda vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etib, ijtimoiy sug‘urta tizimini mustahkamlash, moliyaviy barqarorlik va aholini ijtimoiy himoya bilan qamrab olish masalalari muhokama qilindi.
Seminar yakunida bildirilgan taklif va tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.





