9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
2025-12-09 11:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Shu munosabat bilan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.
Unda vazirlik va Toshkent shahar prokuraturasi mas’ul xodimlari, Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi rahbar-xodimlari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida faoliyat olib boruvchi davlat organlari mutaxassislari ishtirok etdi.
Tadbir davomida tizimda ochiqlik, shaffoflik va korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan keng muhokama olib borildi.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi korrupsiyaviy holatlarning har qanday koʻrinishiga qarshidir!



