Raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik!
2025-12-10 19:25:00 / Vazirlik yangiliklari

25-noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni, 10-dekabr esa – Inson huquqlari kuni sifatida nishonlanadi. Shu sana oralig‘ida butun dunyoda “16 kunlik faollik” kampaniyasi o‘tkaziladi.
Bugun Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligida mazkur tashabbus doirasida “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. Unda School 21 - Raqamli texnologiyalar maktabining Kiberxavsizlik bo'yicha direktori Alibek Sattarov va Hamkorlar va amaliyotlar bilan ishlash bo'limi bosh mutaxassisi Nodira Ibrogimovalar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Seminarda raqamli makonda uchraydigan xavflar, onlayn zo‘ravonlik shakllari va ulardan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, yoshlar va xotin-qizlar uchun raqamli xavfsizlik masalalari muhokama qilindi.





