Prezident kubogi finali: Bandlik vazirligi ayollar jamoasi “Eng yaxshi dinamika” nominatsiyasida taqdirlandi
2025-12-15 11:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Bandlik vazirligi Gimnastrada bo'yicha Prezident kubogining final bosqichida "Eng yaxshi dinamika" nominatsiyasi bo'yicha 2-o'rinni egalladi
Oila va xotin-qizlar qo'mitasi, Sport vazirligi hamda O'zbekiston Gimnastika federatsiyasi hamkorligida xotin-qizlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etish, muntazam jismoniy faollikni hayot tarziga aylantirishga qaratilgan "Gimnastika barcha uchun" shiori ostida Gimnastrada bo'yicha Prezident kubogi – 2025 musobaqalarining final bosqichi o'tkazildi.
Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 40 dan ortiq jamoa, jami 900 nafarga yaqin xotin-qizlar ishtirok etdi.
