Xalqaro hamkorlik
2025-10-09 17:00:00 / Yangiliklar

“InnoWeek–2025” innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi doirasida, “Chegarasiz g‘oyalar” shiori ostida Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida 9-oktabr kuni Eron Islom Respublikasi Golestan viloyati Fan va texnologiya parki delegatsiyasi a'zolari Agrosanoatni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlik uchrashuvini o'tkazdilar.
Uchrashuv davomida Eron delegatsiya a’zolari Agentlik direktori o‘rinbosari v.v.b. — X. Soliyev bilan hamkorlik yo‘nalishlari va kelgusidagi qo‘shma tashabbuslar yuzasidan fikr almashdilar.
🇮🇷 Eron delegatsiyasi tarkibidan:
Medi Ghaffari — polimerlar, nanokompozitlar, dori yetkazib berish tizimlari va qoplamalar bo‘yicha mutaxassis;
Mozhgan Naderi — farmatsiya va organik o‘g‘itlar yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis;
Negar Bagheri — barqaror qishloq xo‘jaligi, bioo‘g‘itlar hamda biologik pestitsidlar bo‘yicha mutaxassis;
Moosa Maghsoodloo — qishloq xo‘jaligi uchun polimer mahsulotlari (o‘g‘it va pestitsid idishlari, sug‘orish lentalari) ishlab chiqaruvchi;
Majid Majiditeroujeni — issiqxona uchun yetishtirish substratlari (TECHNOPEAT; COCOPEATga o‘xshash) ishlab chiqaruvchi;
Morteza Safari — issiqxona sanoatida samaradorlik va barqarorlikni oshirish bo‘yicha mutaxassislari ishtirok etdilar.
Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, ilmiy-texnologik yechimlarni joriy etish va agrotexnologiyalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Eron tomoni bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan mahsulotlar, jumladan COCOPEAT gidroponik substrati, o‘g‘it turlari hamda issiqxonalar va bog‘dorchilikda qo‘llaniladigan kimyoviy vositalar haqida ma’lumot berib, ularning narxi, sifati va logistika jihatidan qulayligi bilan tanishtirdilar.
Shu bilan birga, Eron delegatsiyasi Agentlik bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.



