“Kasbiy-ma’rifat soati”
2025-08-29 09:15:00 / Yangiliklar
Agrosanoatni rivojlantirish agentligida navbatdagi “Kasbiy-ma’rifat soati” o‘tkazildi

Davlatimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, Millat uchun, Xalq uchun” shiori ostida Toshkent davlat agrar universiteti katta o‘qituvchisi — Elmurod Salomov ma’ruzasi tinglandi. Unda:
Mustaqillik bayrami arafasida yoshlarga milliy qadriyatlarimiz, vatanparvarlik tuyg‘usi hamda mustaqillikning tarixiy ahamiyati haqida batafsil tushunchalar berildi.
Bugungi “Kasbiy-ma’rifat soati” bayramona ruhda, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.









