Agrosanoatni rivojlantirish agentligida Kasbiy ma’rifiy soati bo‘lib o‘tdi
2025-08-08 10:30:00 / Yangiliklar

📈Unda: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyuldagi 62-sonli bayoniga muvofiq, O‘zbek tili qoida va me’yorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritilgan yangi so‘z va atamalar to‘g‘risida taqdimot ma'ruzasi o'tkazildi.
Shuningdek, Agentlikning yoshlar yetakchisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi PF-95-son Farmoni asosida, Agrosanoatni rivojlantirish agentligida sog‘lom turmush tarzini joriy etishga doir yangi chora-tadbirlar yuzasidan, xodimlar ishtirokida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan maxsus taqdimot ham o‘tkazildi.
Taqdimotda 2025-yil 1-avgustdan boshlab har bir ish kunining muayyan vaqtlarida jismoniy faollikka yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar o‘tkazishga hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish targ‘ibotiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu kabi tashabbuslar davlat xizmatchilari salomatligini mustahkamlash hamda samarali mehnat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.
Taqdimot yakunida xodimlar ushbu qaror yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va aniq va asosli javoblar olishdi.
