O‘zaro hamkorlik sari muhim qadam.
2025-05-31 10:00:00 / Yangiliklar

🔹 Bugun Agrosanoatni rivojlantirish agentligiga Eron Qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchilari uyushmasi (ATMAK) raisi va “Sam Arian Machine” kompaniyasining bosh direktori Hamid Reza Nami va ATMAK va unga a’zo o’nga yaqin kompaniya vakillaridan iborat Eron delegatsiyasi tashrif buyurdi.
🔹Tashrif doirasida Agentlik ma’sullari va Eron delegatsiyasi o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, ayniqsa bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklari yo‘nalishida tajriba almashish, investitsiya va texnologik hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Uchrashuv chog‘ida qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish va import qilish bo‘yicha imkoniyatlar, issiqxona infratuzilmasini modernizatsiya qilishda Eron tajribasini joriy etish, ikki davlat kompaniyalari o‘rtasida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish kabi qator muhim masalalar muhokama qilindi.
🔹 Eron delegatsiyasi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va texnologik yangilash borasidagi yutuqlar, shuningdek, mavjud imkoniyatlarga katta qiziqish bildirdi. Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tib, tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
🔻Agrosanoatni rivojlantirish agentligi o‘z oldiga xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xorijiy investorlar va ishlab chiqaruvchilar bilan yaqin aloqalar o‘rnatish orqali O‘zbekistonda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish vazifasini qo‘ygan. Bugungi uchrashuv bu yo‘ldagi navbatdagi amaliy qadam bo‘ldi.