Qurbon hayiti
2026-05-27 05:00:00 / Yangiliklar
Siz azizlarni va butun xalqimizni muborak Qurbon hayiti ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz.

Hurmatli yurtdoshlar!
Siz azizlarni va butun xalqimizni muborak Qurbon hayiti ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz.
Ezgu qadriyatlarimiz, mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik timsoli bo‘lgan ushbu qutlug‘ bayram yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarimizga fayz-u baraka, qalblarimizga esa mehr va shukronalik tuyg‘ularini olib kirsin.
Muqaddas Qurbon hayiti kunlarida barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, farovon turmush va barcha ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz ravnaqi yo‘lida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bardavom bo‘lsin.
Muborak Qurbon hayiti barchamizga yaxshilik, ezgulik va qut-baraka olib kelsin!
Hurmat bilan,
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi jamoasi !
