Ustuvor vazifalar yuzasidan yig'ilish
2026-05-25 15:00:00 / Yangiliklar
Agrosanoatni rivojlantirish agentligida ustuvor vazifalar yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi

➡️ Bugun Agentlikning direktor o'rinbosari v.v.b — Xayrullo Soliyev boshchiligida navbatdagi markaziy apparat yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda:
Agentlik tizimida ijro hujjatlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, topshiriqlarning ijrosini nazorat qilish, hujjat aylanishi samaradorligini oshirish hamda ichki tartib-intizomga qat'iy rioya etish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, zamonaviy kiberxavflarning oldini olish, elektron hujjat almashinuvida xavfsizlik talablariga amal qilish va tizimda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga qarshi tezkor choralar ko‘rish yuzasidan tegishli vazifa va tushuntirishlar berildi.
✅ Shuningdek, Agentlikdagi bir qancha dolzarb masalalar muhokama qilinib, tegishli vazifa va topshiriqlar berildi.






