“Kasbiy-ma’rifat soati”
2026-05-22 09:30:00 / Yangiliklar
📌 Bugun, Agrosanoatni rivojlantirish agentligining markaziy apparat xodimlari uchun kasbiy bilim va malakalarni oshirishga yo‘naltirilgan navbatdagi “Kasbiy-ma’rifat soati” tashkil etildi.

Ushbu tadbir agentlik xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish, ularning faoliyatida shaffoflik va halollik tamoyillarini mustahkamlash hamda davlat rahbari tomonidan belgilangan ustuvor vazifalarni samarali bajarishga qaratildi.
Siyosiy ma’rifat soati davomida davlat xizmatida ishlash faqatgina bilim va tajribani emas, balki yuksak axloqiy mezonlarga rioya qilishni ham talab etishi ta’kidlandi.
✅ Tadbir yakunida xodimlarning kasbiy etikasi, qonunchilik asoslari bo‘yicha bilimlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan tavsiyalar berildi.






