“9-may – Xotira va qadrlash kuni”
2026-05-08 15:00:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 7-may kuni “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Agrosanoatni rivojlantirish agentligi xodimlari tomonidan ekskursiya tashkil etildi.

Joriy yilning 7-may kuni “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Agrosanoatni rivojlantirish agentligi xodimlari tomonidan ekskursiya tashkil etildi.
📌 Unda: Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan ajdodlar, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari nomlarini abadiylashtirish va jasoratini targ‘ib qilish maqsadida “G‘alaba bog‘i” majmuasi, “Shon-sharaf” muzeyi, “Millat fidoyilari” xiyoboni, “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyda bo'ldilar.
➡️ Shuningdek Agentlik xodimlari xalqimizning mardlik va fidoyilik tarixini yana bir bor yod etib, tinchlik va osoyishtalik yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.
✅ Mazkur tadbir ishtirokchilarda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat va yurt ravnaqi yo‘lida mas’uliyat bilan yashash tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.






