“Kasbiy-ma’rifat soati”
2026-05-08 09:10:00 / Yangiliklar
📌 Bugun, Agrosanoatni rivojlantirish agentligining markaziy apparat xodimlari uchun kasbiy bilim va malakalarni oshirishga yo‘naltirilgan navbatdagi “Kasbiy-ma’rifat soati” tashkil etildi.

📌 Bugun, Agrosanoatni rivojlantirish agentligining markaziy apparat xodimlari uchun kasbiy bilim va malakalarni oshirishga yo‘naltirilgan navbatdagi “Kasbiy-ma’rifat soati” tashkil etildi.
✍️ Mazkur tadbir Agentlik xodimlarining professional salohiyatini yuksaltirish, shuningdek, davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarni samarali amalga oshirishga yo‘naltirildi.
✍️ Bundan tashqari, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda bugungi kunning eng dolzarb va muhim masalalari videorolik namoyishi orqali ishtirokchilarga yetkazildi.
Shuningdek, 9-may xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira muqaddas, qadr abadiy” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
✅ Tadbir yakunida Agentlik xodimlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish hamda milliy qadriyatlar va ajdodlar xotirasiga hurmat ruhini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etgani ta’kidlandi.









