Xalqaro hamkorlik
2026-05-06 11:00:00 / Yangiliklar

Qishloq xoʻjaligi vaziri - Ibrohim Abdurahmonov, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori - Nurali Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya ayni kunlarda Ozarbayjon Respublikasiga tashrifi
Mazkur tashrif doirasida delegatsiya a'zolari Boku shahrida boʻlib o‘tayotgan “Caspian Agro Week–2026” xalqaro qishloq xo’jaligi ko‘rgazmasida ishtirok etdilar.
Unda: Italiyaning Vitroplant Italia SRL kompaniyasi bosh menejeri Jerardo Grilli bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida bog‘dorchilik sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari, xususan: meva daraxtlari uchun yuqori sifatli, viruslardan xoli in-vitro ko‘chatlarni ishlab chiqarish va yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.
Italiya tomoni kompaniya faoliyati asosan meva ko‘chatlari yetishtirishga ixtisoslashganini, Yevropadagi yirik in-vitro laboratoriyalardan biriga ega ekanligini ma’lum qildi. Kompaniya vakillari sifatli va sertifikatlangan ko‘chatlar yetkazib berish hamda ilg‘or texnologiyalarni transfer qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Hamkorlik uchrashuvining asosiy jihatlaridan biri Agrosanoatni rivojlantirish agentligi hamda Vitroplant Italia SRL o‘rtasida Toshkent viloyatida yiliga 8 million dona ko‘chat yetishtirish quvvatiga ega in-vitro laboratoriya tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
✅ Muzokaralar yakunida tomonlar yaqin istiqbolda munosabatlar amaliy bosqichga olib chiqish, aniq loyihalar doirasida ishchi uchrashuvlarni davom ettirish hamda kelgusida ham bu kabi hamkorlikka doim tayyor ekanliklarini bildirdilar.
📌 Agrar hamkorlikning yangi bosqichi: muloqot hamda muhim kelishuvlar
Ayni kunlarda Ozarbayjonda bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjon Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri — Mejnun Mamedov bilan uchrashuv o'tkazdi.
📌 Unda:
Qishloq xoʻjaligi vaziri - Ibrohim Abdurahmonov,
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori - Nurali Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdilar.
➡️ Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar tobora kengayib borayotgani alohida qayd etildi hamda agrar sohaning turli yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish muhokama qilindi.
Shuningdek, muzokaralar davomida yangi agro va xizmat ko‘rsatish loyihalari tilga olinib, tajriba almashish ikki tomon uchun ham muhim ekanligi qayd etildi.
✅ Uchrashuv yakunida tomonlar agrar sohada o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi bosqichi oldidan aniq vazifalarni kelishib oldilar.
📌 Ozarbayjon bilan yangi agrar sheriklik sahifasi ochilmoqda
Ozarbayjon Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasining hamkorlik uchrashuvlari davom etmoqda.
➡️ Xususan, delegatsiya a'zolari “AzerSun Holding” kompaniyasi rahbariyati — Taxir Gozel hamda Savash Ozjan bilan "Agrosanoat sohasidagi hamkorlikni"yangi bosqichga olib chiqish masalalarini muhokama qildilar.
💼 Muhokama davomida tomonlar O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi agrar aloqalarni kengaytirish, ayniqsa sanoat darajasidagi qayta ishlash loyihalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq yo‘nalishlarni kelishib oldilar.
Shuningdek, tomonlar meva-sabzavotlarni qayta ishlash, qadoqlash hamda sharbat, jem va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bundan tashqari, agrar konsalting xizmatlari va mutaxassislar tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi.
✅ Uchrashuv yakunida “AzerSun Holding” vakillari dastlabki bosqichda investitsiyadan ko‘ra maslahat va tajriba almashinuvi orqali hamkorlikni boshlashga tayyor ekanini ta’kidladilar.
O‘zbekiston va Gruziya o'rtasida Agrosanoat sohasida hamkorlik kengaymoqda
Ozarbayjon Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasining yana bir muhim hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.
📌 Unda:
Gruziya Atrof-muhitni muhofaza qilish va qishloq xo‘jaligi vaziri — David Songulashvili
O'zbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri - Ibrohim Abdurahmonov,
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori - Nurali Abdullayev ishtirok etdilar.
Muloqot davomida agrosanoat sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
➡️ Shuningdek, uzumchilik va vinochilik, zaytunchilik, choychilikni rivojlantirish hamda subtropik ekinlarni joriy etish kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
➡️ Bundan tashqari, logistika zanjirlarini takomillashtirish hamda eksport salohiyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Uchrashuv yakunida tomonlar qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish, “Yo‘l xaritasi”ni tayyorlash hamda tegishli kelishuvlarni imzolash hamda amaliy natijalarga erishish maqsadida ishchi guruhlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.









