Xalqaro hamkorlik
2026-04-27 11:00:00 / Yangiliklar

Unda:
Agentlikning direktor o‘rinbosari — Xayrullo Soliyev,
IFAD delegatsiyasidan — Fenton Beed va Federica Emma ishtirok etdilar.
Uchrashuv avvalida X. Soliyev xorijlik mehmonlarni Agentlik faoliyati bilan qisqacha tanishtirib, mamlakatimizda zamonaviy sanoatlashgan intensiv bog‘ va tokzorlar tashkil etish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berib o'tdi.
Muloqot davomida IFAD vakillari tomonidan O‘zbekistonda bog'dorchilik sohalariga investitsiya kiritish loyihasi doirasida Agentlik bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilinib, o'zaro fikr almashildi.
Uchrashuv so'ngida tomonlar aholi bandligini ta'minlashga yo'naltirilgan loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo'yicha o'zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishga kelishib oldilar.






