Xalqaro hamkorlik
2026-04-14 17:00:00 / Yangiliklar

Unda Agentlikning direktor o‘rinbosari v.v.b. — Xayrullo Soliyev hamda Turkiyaning issiqxona xo‘jaligi sohasidagi yetakchi kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdilar.
Uchrashuv avvalida X. Soliyev tomonidan turkiyalik investorlarga Agentlik faoliyati, mamlakatimizda bog‘dorchilik, uzumchilik va issiqxona xo‘jaligi sohalarining bugungi holati hamda ushbu yo‘nalishlarga sarmoya kiritish uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Muloqot davomida turkiyalik investorlar tomonidan zamonaviy va ilg‘or issiqxona texnologiyalarini joriy etgan holda O‘zbekistonda issiqxona xo'jaliklarini tashkil etish, turli xil sifatli ko‘chatlar yetishtirish hamda mahalliy fermer xo‘jaliklarini yuqori sifatli ko‘chatlar bilan ta’minlash masalalariga alohida qiziqish bildirildi.
✅ Mazkur hamkorlik O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida issiqxona xo‘jaligi sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va sohaga investitsiyalarni jalb qilishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.






