Xalqaro hamkorlik
2026-04-03 17:30:00 / Yangiliklar

Unda:
Hukumat ishlari boshqarmasining hududiy boshqaruv va muvofiqlashtirish departamenti boshlig‘i — Purev Zorigtbaatar boshchiligidagi delegatsiyasi tashrif buyurdi.
➡️ Uchrashuvda Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari v.v.b — Xayrullo Soliyev mehmonlarni agentlik faoliyati bilan tanishtirib o‘tdi.
Shuningdek, tomonlar bog'dorchilik, uzumchilik va issiqxona xo'jaligi yo'nalishlarida hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda hududiy rivojlanish yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.
✅ Uchrashuv yakunida delegatsiya vakillari Agentlik tomonidan olib borilayotgan islohotlar va tashabbuslarni yuqori baholab, kelgusida ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.









