“Kasbiy-ma’rifat soati”
2026-04-03 09:10:00 / Yangiliklar
Bugun, Agrosanoatni rivojlantirish agentligining markaziy apparat xodimlari uchun kasbiy bilim va malakalarni oshirishga yo‘naltirilgan navbatdagi “Kasbiy-ma’rifat soati” tashkil etildi.

📌 Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi "Respublikada agrosanoat sohasiga yangi bozor mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, sanoatlashtirilgan bog‘ va tokzorlarni barpo etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati" to'g'risidagi PF-151-son Farmoni keng yoritildi.
Shuningdek, mazkur yo‘nalishda huquqiy asoslar, amaliy mexanizmlar hamda tizimli islohotlarning ahamiyati yuzasidan mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.
✅ Tadbir xodimlarning siyosiy, huquqiy va kasbiy bilimlarini yanada oshirishga xizmat qildi.









