Hashar — elga yarashar
2026-03-14 10:10:00 / Yangiliklar
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-fevraldagi 72-sonli farmoyishiga muvofiq, yurtimizda 13–14-mart kunlari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari tashkil etildi.

👥 Mazkur tadbirda Agrosanoatni rivojlantirish agentligi markaziy apparatning barcha xodimlar faol ishtirok etdilar.
🌱 Hashar davomida tashkilot hududi va unga tutash joylarda tozalash, ko‘kalamzorlashtirish hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
✅ Ushbu xayriya hashari nafaqat atrof-muhitni obodonlashtirish, balki xodimlar o‘rtasida jamoaviy ruhni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.






