“Kasbiy-ma’rifat soati”
2026-03-13 12:05:00 / Yangiliklar
Bugun, Agrosanoatni rivojlantirish agentligining markaziy apparat xodimlari uchun kasbiy bilim va malakalarni oshirishga yo‘naltirilgan navbatdagi “Kasbiy-ma’rifat soati” tashkil etildi.

➖ Ushbu tadbir, Agentlik xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish, ularning faoliyatida shaffoflik
va halollik tamoyillarini mustahkamlash hamda davlat rahbari tomonidan belgilangan ustuvor vazifalarni samarali bajarishga qaratildi.
➖ Shuningdek, Davlatimiz rahbarining amalga oshirayotgan islohotlari hamda bugungi kunda eng muhim va dolzarb masalalar videorolik orqali yetkazildi.
➡️Shu bilan birga, yig‘ilishda sohani yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni hal etish va kelgusidagi rejalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.









