Xalqaro hamkorlik
2026-02-10 16:10:00 / Yangiliklar

Unda: Direktor o'rinbosari v.v.b — Xayrullo Soliyev Zoom platformasi orqali ishtirok etdi.
Ma'lumot uchun: "Topaz" 1993-yildan buyon Polshada ilg‘or supermarket tarmog‘i sifatida faoliyat yuritmoqda. Hozirda Topaz tarmog‘ida 100 dan ziyod do‘konlar bor (o‘z do‘konlari va franshiza asosida ishlaydigan filiallar ham bor). www.topaz24.pl
➡️ Uchrashuv davomida Polsha bozorida yuqori sifatli va raqobatbardosh narxlardagi o‘zbek mahsulotlariga talab ortib borayotgani qayd etildi.
Xususan, o‘zbek meva-sabzavotlari (anor, limon va boshqalar), Toshkent vino kombinati mahsulotlari, quruq mevalar, tomat pastasi hamda boshqa qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishga qiziqish bildirildi.
➡ Shuningdek, mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekistondagi ishonchli ishlab chiqaruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda tegishli tijorat takliflarini olishda amaliy ko‘mak so‘radi.
✅ Uchrashuv yakunida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish va O‘zbekiston mahsulotlarini Polsha bozoriga tizimli ravishda olib chiqish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik istiqbollari kelishib olindi.



