“Kasbiy-ma’rifat soati”
2026-02-13 09:10:00 / Yangiliklar

Unda:
O‘zbek adabiyotining buyuk namoyondalari ijodini xodimlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish va buyuk mutafakkir shoir, g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligini hamda ulug‘ sarkarda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligini keng nishonlash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi.
➡️ Ushbu tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Toshkent davlat agrar universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, professor — Sayyora Xolmirzayeva taqdimot ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
➡️ Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir orqali buyuk adiblarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur merosi keng yoritilib, xodimlar qalbida milliy qadriyatlarimizga hurmat, adabiyotga muhabbat hamda ma’naviy yuksalish ruhini singdirishga xizmat qildi.
✅ Mazkur tadbir xodimlarimizni buyuk ajdodlarimiz merosiga sadoqat, ma’naviy ong va milliy iftixor tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratildi









