Ustuvor vazifalar yuzasidan yig'ilish
2026-02-02 09:00:00 / Yangiliklar

Unda: Direktor — N. Abdullayev tomonidan Markaziy apparat xodimlari hamda Zoom platformasi orqali viloyat bo'lim boshliqlari bilan 2026-yilgi muhim masalalar muhokama etildi.
Shuningdek:
Bog‘ bo‘limidagi belgilangan rejalar ijrosi ko‘rib chiqildi. Ishlar tahlil qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi,
Xalqaro hamkorlikni kengaytirish va xorijiy tajribalarni joriy etish masalalari muhokama etildi,
Viloyatlardan bog‘larda olib borilayotgan ish jarayonlari yuzasidan ma’lumotlar eshitildi va vazifalar belgilandi,
Agentlik tizimida ijro hujjat topshiriqlarini nazorat qilish hamda o'z vaqtida samarali amalga oshirish,
Korrupsiyaga qarshi kurashish, shaffoflik va qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Yig'ilish yakunida kun tartibidagi har bir masala yuzasidan tegishli mas'ullarga vazifalar yuklatildi.









