“Kasbiy-ma’rifat soati”
2025-12-19 09:10:00 / Yangiliklar

#Kasbiy_marifat_soati #agrosanoat
"Kasbiy–ma’rifat soati"
Bugun Agrosanoatni rivojlantirish agentligida xodimlarning kasbiy malakasini oshirish va tizimli axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida navbatdagi "Kasbiy–ma’rifat soati" bo'lib o'tdi.
Unda: AKT va raqamlashtirish bo‘limi boshlig‘i — J. Abdusattarov "Kiberxavfsizlik — Xodimlarda kibermadaniyatni oshirish, raqamli xavfsizlik qoidalariga amal qilish orqali tashkilot va jamiyatni himoya qilish" yuzasidan ko'rgazmali ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Ma’ruza davomida axborot xavfsizligini ta’minlash, shaxsiy va xizmat ma’lumotlarini himoyalash, hamda kiberxavflarning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Yig'ilish yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va ushbu yo‘nalishdagi faoliyat yuzasidan aniq va asosli javoblar olishdi.









