Korrupsiyaga qarshi kurashish
2025-12-04 10:00:00 / Yangiliklar

🛡 4-dekabr kuni Agrosanoatni rivojlantirish agentligida “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan, ochiq muloqotni kuchaytirish maqsadida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazilishi haqida axborot (https://t.me/agrosanoat_uz/7571) bergan edik.
🔠 Bugun Agentlikda o'tkazilgan mazkur tadbirda:
➡️ Qishloq xo‘jaligi vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi — S. Xalilov,
➡️ Agrosanoatni rivojlantirish agentligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig'i — R. Nuritdinov hamda markaziy apparat xodimlari,
➡️ Jamoatchilik kengashi a’zolari ,
➡️ OAV vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida:
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida yigʻilish qatnashchilariga batafsil maʼlumot berib oʻtildi.
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlar faoliyatida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Ushbu jarayonda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan amaliy mexanizmlar, profilaktik choralar, ichki nazorat tizimlarini takomillashtirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Agentlik tomonidan viloyat hududlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirokida korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning davlat boshqaruvi va jamiyat hayotiga ta’siri, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy yondashuvlari yuzasidan seminarlar tashkil etildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari o‘z takliflarini bildirish, mavjud muammolar bo‘yicha o‘z pozitsiyalarini bayon etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlarini yanada takomillashtirish yuzasidan fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mazkur fikr va takliflar kelgusida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
✅ Mazkur “Ochiq eshiklar kuni” Agentlik faoliyatida oshkoralikni ta’minlash, aholining murojaat va savollariga bevosita javob berish, jamoatchilik bilan samarali muloqot o‘rnatish yo‘lida navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.








