“Kasbiy-ma’rifat soati”
2025-11-14 09:15:00 / Yangiliklar

Bugun Agrosanoatni rivojlantirish agentligida xodimlarning kasbiy malakasini oshirish va tizimli axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida navbatdagi Kasbiy-ma’rifiy soati o‘tkazildi.
Unda: Komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i — Rasuljon Nuritdinov “El-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya” kabi salbiy illatlarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan ma’ruza-taqdimot bilan ishtirok etdi.
Mazkur taqdimotda ushbu illatlarning jamiyat rivoji va davlat boshqaruvida keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar, ularni oldini olish bo‘yicha amaliy yondashuvlar hamda xodimlar o‘rtasida sog‘lom ish muhitini shakllantirishning ahamiyati batafsil tushuntirib berildi.
Yig'ilish yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va ushbu yo‘nalishdagi faoliyat yuzasidan aniq va asosli javoblar olishdi.









