Tadbirlar va yangiliklar


Qishloq xo‘jaligi sektorida samaradorlik auditi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
23.01.2025
Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda "EU ASK Facility" ekspertlari bilan hamkorlikda Navlarni sinash markazi rahbar-xodimlari uchun samaradorlik auditi bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Unda auditning maqsadi, metodologiyasi va ahamiyati tushuntirildi.
Seminar davomida xodimlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi, muammo va takliflar o‘rganildi. Me’yoriy hujjatlar va boshqaruv jarayonlari ko‘rib chiqilib, sinov stansiyalarida kuzatuvlar amalga oshirildi.
Shuningdek, boshqaruv tizimining kuchli tomonlari tahlil qilinib, takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ma'lumot uchun, mazkur tadbir Qishloq xo'jaligi sohasida ikkinchi samaradorlik auditini o'tkazishning bir qismi bo'lib, audit hisobotini tuzishdan oldingi yakuniy tadbir hisoblanadi.
