С5+1 sammiti doirasida O‘zbekiston va John Deere o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
2025-11-06 15:15:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Uchrashuvda John Deere kompaniyasining O‘zbekistondagi investitsion faoliyati, qishloq xo‘jaligi texnikasini mahalliylashtirish, yangilangan texnologiyalarni joriy etish va qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar agrotеxnika sohasiga invеstitsiyalar hajmini oshirish, mahalliy korxonalar bilan kooperatsiyani chuqurlashtirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligida raqamli yechimlar va “aqlli texnika” texnologiyalarini joriy etish orqali samaradorlikni oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va John Deere kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Ushbu hujjat ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish, qishloq xo‘jaligi sohasidagi qo‘shma invеstitsiya loyihalarini amalga oshirish va innovatsion yechimlarni tatbiq etishni nazarda tutadi.



