Raqamli innovatsiya: Yaponiya qishloq xo'jaligi qanday rivojlanmoqda?
2025-11-06 13:55:00 / Yangiliklar

Masalan, Kubota, Yanmar va Hitachi kompaniyalari ishlab chiqargan avtonom traktorlar va robot yig‘im mashinalari dehqonlarning ishtirokisiz mustaqil ishlay oladi. Ular GPS va sensor tizimlari yordamida maydon relyefini o‘qiydi, o‘simlik o‘sish bosqichlarini tahlil qiladi hamda optimal ishlov berish yo‘nalishini belgilaydi.
Bundan tashqari, AI asosidagi "agro-analitika" tizimlari orqali hosildorlikni taxmin qilish, kasalliklarni erta aniqlash va o‘g‘it normasi bo‘yicha aniq qarorlarni avtomatik qabul qilish amaliyoti joriy etilgan. Fujitsu kompaniyasi ishlab chiqargan “Akisai Cloud System” platformasi fermerlarga real vaqt rejimida ob-havo, namlik, tuproq holati va o‘simlik fiziologiyasini kuzatish imkonini beradi.
Yaponiyada vertikal va gidroponika fermalari ham keng rivojlanmoqda. Bunday yopiq tizimlarda o‘simliklar LED yoritish va avtomatlashtirilgan sug‘orish orqali yil davomida o‘stiriladi. Tokiodagi “Spread” kompaniyasi tomonidan yaratilgan “Techno Farm Keihanna” dunyodagi eng ilg‘or robotlashtirilgan vertikal ferma bo‘lib, u har kuni 30 mingta salat bargini inson aralashuvisiz yetishtiradi.
Shuningdek, mamlakatda biotexnologik yechimlar — masalan, genetik tahrir (CRISPR) asosidagi yangi o‘simlik navlarini yaratish, biologik pestitsidlar ishlab chiqish va mikrobiologik o‘g‘itlardan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Bu yondashuvlar nafaqat hosildorlikni oshirmoqda, balki ekologik izni kamaytirishga ham xizmat qilmoqda.
