"AgroTarozi" axborot tizimi: hosil qabulida shaffoflikni ta’minlovchi muhim qadam
2025-08-13 15:50:00 / Yangiliklar
Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MChJ vakillari Samarqand viloyatiga tashrif buyurib, "AgroTarozi" platformasini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli o‘quv seminar o‘tkazishdi.

Mazkur seminar paxta qabul qilish punktlaridagi ish jarayonining eng muhim halqasi — og‘irlik aniqligini ta'minlaydigan tarozibonlar, shuningdek, joylardagi agrar soha mas’ul mutaxassislari ishtirokida o‘tkazildi.
Tadbir davomida platformaning ishlash prinsiplari, ma’lumotlarni tizimga to‘g‘ri kiritish, xatolarning oldini olish, sun'iy intellekt tizimi hamda tizim orqali paxta og‘irligini adolatli qayd etish bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.
E’tiborga molik jihati shundaki, aynan shu kunning o‘zida bir qancha paxta qabul qilish maskanlarida "AgroTarozi" platformasi amaliyotga joriy qilindi.
Bu esa, o‘quv seminarlar so‘z bilan emas, amaliy natija bilan mustahkamlanayotganining yaqqol isbotidir.






