Intizom va harakat — natijadorlikning birlamchi omilidir
2025-08-11 16:45:00 / Yangiliklar

Dastlab mazkur hududdagi paxta qabul qilish jarayoni, jumladan, agrotarozi, agroplatforma va boshqa texnik vositalarning mavsumga tayyorgarlik holati hamda joriy etilayotgan yangicha yondashuvlar samaradorligi batafsil o‘rganildi.
Aytish mumkinki, paxta terimi mavsumida hosilni sifatli va nobud qilmasdan terib, uni belgilangan ko‘rsatkichlar asosida saqlash maskanlariga yetkazish birlamchi vazifalar sirasiga kiradi.
Shu bois paxta saqlash maskanlaridagi moddiy-texnik imkoniyatlar, xodimlar malakasi, ishni to‘g‘ri va tizimli tashkil etish, keltirilgan xomashyo bo‘yicha zarur ma’lumotlarni elektron platformalarda to‘liq va aniq aks ettirishda e’tibor hamda mas’uliyatni kuchaytirish lozim.
Ayni shu jihatlar inobatga olingan holda, xodimlarning mazkur platformalarda to‘g‘ri va samarali ishlash, mahsulotlarning umumiy qiymati, navi va og‘irligini aniq hisob-kitoblar asosida sinxronlashtirish ko‘nikmalari atroflicha tahlil qilindi.
Jarayon davomida vazir mas’ullarga intizomni kuchaytirish, ishlarni shaffof va samarali tashkil etish, texnik imkoniyatlardan to‘liq foydalanish orqali yuqori natijalarga erishish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdi hamda yangi yondashuvlar orqali maskan faoliyatini yanada rivojlantirishga doir qator vazifalarni yukladi.









