Mas’uliyat bilan yondashuv – har qanday o‘zgarishning poydevori
2025-08-11 16:45:00 / Yangiliklar

Bo‘limda chiroyli ish muhiti, tartib-intizom, xodimlarning kasbga sadoqat va fidoyilik ruhi yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Vazir tashrifi davomida e’tiborini devor yoki mebel jihozlariga emas, balki shu tizimda mehnat qilayotgan insonlar va ularning kasbga bo‘lgan munosabatiga qaratdi. Chunki har qanday islohot avvalo inson tafakkuri va dunyoqarashidagi o‘zgarishdan boshlanadi.
Faoliyatni tahlil qilgan vazir bu yerni oddiy ish xonasi emas, balki islohotlar maskani bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, xodimlarni ichki mas’uliyat va fidoyilikka ruhlantiruvchi seminar hamda treninglar tashkil etilishi lozimligini bildirdi.
Fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqot yo‘lga qo‘yilishi, har bir fuqaro o‘zini eshitilgan, e’tiborga olingan va zarur ma’lumot bilan ta’minlangan deb his qilishi ta’kidlandi.
Endilikda qishloq xo‘jaligi bo‘limlari faqat rasmiy hujjatlar yuritiladigan idora emas, balki har bir dehqon va fermer uchun tayanch, innovatsiyalarni amalda joriy etuvchi islohotlar markaziga aylanishi kerak.
Zero, islohotlar qog‘ozda emas, qalbda boshlanganda haqiqiy natija beradi. Yangibozor tumani bo‘limi esa bunday yangilanish va fidoyilikka tayyor ekanini yaqqol ko‘rsatmoqda.









