Kasbiy salohiyat – samarali ishlab chiqarish garovi
2025-08-05 18:10:00 / Yangiliklar

Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-yanvardagi 11-sonli qarorining 6-bandi ijrosini ta’minlash hamda Qishloq xo‘jaligi vazirining topshirig‘iga asosan, Andijon viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida ikki kunlik malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotlarida paxta-tozalash korxonalarining bosh muhandislari, mexaniklar, yong‘in va texnika xavfsizligi muhandislari, texnologlar, laboratoriya mudirlari, laborantlar, shuningdek, 1–3-zona tovarshunoslari ishtirok etdi. Umuman olganda, viloyatdagi mavjud klasterlarning 85 foiziga yaqin mutaxassislar mazkur o‘quv jarayonida faol qatnashdi.
Mashg‘ulotlar davomida Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori, texnika fanlari doktori, professor T.M. Quliyev rahbarligida nazariy va amaliy yo‘nalishlarda bilimlar berildi.
Jumladan, paxtani daladan qabul punktiga tashish, uni qabul qilish, saqlash va qayta ishlash jarayonlarida amal qilinishi lozim bo‘lgan barcha texnik talablar va amaldagi GOST me’yorlari batafsil o‘rgatildi. Ishtirokchilar – yengil sanoat xavfsizligi bo‘yicha muhandislar, laboratoriya xodimlari, punkt mudirlari hamda paxta zavodi muhandislari uchun sifatli tolani olishda uskuna rejimlarini to‘g‘ri tanlash, paxtani presslashgacha bo‘lgan texnologik bosqichlar, tolaning uzun bo‘lishi va sifati buzilmasligi uchun buntting (to‘g‘ri joylashtirish) qoidalari hamda ilmiy asoslangan yondashuvlar bo‘yicha maxsus ma’ruzalar tashkil etildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar uchun test savollari asosida baholash o‘tkazilib, eng yuqori natijalarni qayd etgan tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
O‘quv jarayonining savol-javoblarga boy, o‘zaro fikr almashuvlar asosida o‘tganligi, mutaxassislarning amaliy ehtiyojlariga mos bilimlar berilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.




