Cheklangan geografiya – cheklanmagan imkoniyat
2025-08-04 18:35:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda 2024-yil 5–6-sentabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar: oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari” mavzusidagi xalqaro forum doirasida erishilgan kelishuvlar muhokama qilindi. Xususan, vazirlik huzurida Markaziy Osiyo hamda Kavkaz mintaqasi mamlakatlari uchun dengizga chiqish imkoniyati cheklangan sharoitda doimiy muloqot va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida “Agroinnovatsiya xabi”ni tashkil etish tashabbusi diqqat markazida bo‘ldi.
Shuningdek, uchrashuv chog‘ida F. Rabob O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan “Agroinnovatsiya xabi” konsepsiyasi FAO tomonidan ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, ikki mintaqada – Afrikada va O‘zbekistonda – “Agroinnovatsion xab” tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik masalalari aynan konferensiya doirasida atroflicha muhokama qilinadi.
Vazirlik huzurida “Dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar: oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari” yo‘nalishidagi muloqotlarni tizimli muvofiqlashtirib borish uchun Kotibiyat tashkil etilgani bildirildi.
Uchrashuv yakunida “Agroinnovatsion xab”ni tashkil etish bo‘yicha ishlarni jadallashtirishga kelishib olindi.
